Янгиликлар

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishda faol tashabbus ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY raisi M. Qoraboyev bilan hamkorlikda hududdagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdi. Shuningdek, deputat mahalla yettiligi bilan hamkorlikda “Istiqbol” MFY hududida joylashgan 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘quvchilarning darslarga qatnashish holatini o‘rgandi. 

Slide 1 of 5