Янгиликлар

Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi

📌 Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi

3-Yangiqurilish saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sapayev Zafar Jumanazarovich tomonidan Namangan shahar Chaman mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi hamda mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 4