Янгиликлар

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputatlari

Quvasoy shahri MFYlarida aholi bandligi hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar boshlandi.

Arsif, Qalacha va Yangiobod MFYlarda bugungi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida kichik xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida amaliy ishlar boshlandi.

✅Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Mexmonova, Mazkur tashabbus doirasida hududlarda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining, xususan, xotin-qizlarning o‘zini o‘zi band qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅Loyiha doirasida fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, daromad manbalarini kengaytirish va mahallalarda ijtimoiy faollikni oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar orqali aholi turmush darajasini yaxshilash va hududlarning barqaror rivojlanishiga erishish maqsad qilinmoqda.

Slide 1 of 1