Янгиликлар

Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi amalda

✅Bo‘ka pedagogika texnikumida “Ma’naviyat karvoni” ning navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 

✅Tadbirda xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputatlari T.Mirzayeva va O.Xamrayev hamda pedagogik xodimlar ishtirok etishdi.

✅Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

✅Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3