Янгиликлар

MUROJAATLAR — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengash deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyevlar tomonidan Oltinsoy tumani “Sayrak” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Vaxshivorsoy” daraning qirg‘oq qismini mustahkamlash, shuningdek, “Yurt shamoli” ko‘chasini ta’mirlash bo‘yicha kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaatda ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi ko‘zdan kechirilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovnamalar yuborildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 6