Янгиликлар

Uchrashuv

Bugun 2-fevral kuni Xo‘jayli tumani 3-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Torenov "Sog‘lom turmush" mavzusida kelajak soati o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, jismoniy faollik va zararli odatlardan uzoq bo‘lish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi. "Kelajak soati" o‘quvchilar bilan ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tib, ularning sog‘lom turmushga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. 

Slide 1 of 1