Янгиликлар

Deputat T.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, 11-Oqbuloq saylov okrugi deputati T.Qodirov hamda tuman Kengashi deputati M.Isroilova ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida okrug deputati T.Qodirov tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Xususan, deputat T.Qodirov tomonidan saylovchilarga Oqbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini “Obod mahalla” davlat dasturining 2026-yilgi rejasiga kiritilgani haqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi. Mazkur dastur doirasida mahallada infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, deputat tomonidan “Obod mahalla” dasturining mazmun-mohiyati, amalga oshirish bosqichlari hamda unda fuqarolarning faolligi muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.
Uchrashuv yakunida deputat T.Qodirov saylovchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berib, mahallani obod qilish yo‘lida hamkorlikda ish olib borish muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 4