Uchrashuv davomida mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.
📌 Fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat sifati bo‘yicha muammolar ko‘tarildi. Xususan, 2-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli “Bahor-1” filialida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qoniqarsiz ekani, shifokorlar va patronaj xodimlari aholi bilan yetarli darajada ishlamayotgani ta’kidlandi.
📌 Shuningdek, mahalla binosining juda sovuqligi, isitish tizimi mavjud bo‘lsa-da, mablag‘ yetishmasligi sababli to‘liq ishlamayotgani aytib o‘tildi.
📌 Yana bir muhim masala — bola puli olayotgan ayrim ayollar avtomatik tarzda kambag‘allik ro‘yxatiga kiritilib, natijada kambag‘allik ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshib borayotgani bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
🔹 Bildirilgan masalalar deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga yetkazish va qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.