"Metallurg" madaniyat saroyida o‘tkazilgan tantanali tadbir avvalida Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi, Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov so‘zga chiqib, Konstitutsiya mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarimizning huquqiy poydevori ekani, u davlat va jamiyat rivojining eng muhim kafolatlaridan biri sifatida xizmat qilayotganini ta’kidladi hamda yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ham ishtirok etishdi.
Sahnada Vatan madhini tarannum etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga ko‘tarinki fayfiyat ulashishdi.