Янгиликлар

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY yettiligi bilan uchrashib, mahalladagi bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, xususan aholi bandligini ta`minlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, maxalla ayollari o‘rtasidagi mavjud muammolar , ko‘makka muxtoj kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy ximoya qilish, ichimlik suvi ta`minotidagi muammolar bo‘yicha suxbatlashildi. Shundan so‘ng deputat “Istiqbol” MFY ijtimoiy xodimining o‘z yo‘nalishdagi faoliyati samaradorligi bilan yaqindan tanishdi. Xususan ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan MFY hududida yashovchi yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarining maqsadli va manzilli ko‘rsatilgani yuzasidan nazorat-taxlil o‘tkazdi hamda samarali faoliyat yuritayotgani aniqlandi.Tadbir yakunida MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo‘yicha zarur chora tadbirlar rejasi belgilab olindi.  

Slide 1 of 4