Янгиликлар

Tuman Kengashi deputati Nafisaxon Abdumo`minova yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazdi

 Tuman Kengashi deputati Nafisaxon Abdumuminova o`z saylov okrugida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etildi va unda yoshlarning jamiyatdagi o`rni, ularning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi, odob-axloq me`yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ularni sport, madaniyat va kitobxonlikka keng jalb etish borasida fikrlar bildirildi. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta`minlash,
kasb-hunar o`rganish, tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham atroflicha ma`lumot berildi.
Nafisaxon Abdumuminova yoshlarning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni o`rganish va yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanini ta`kidladi. Uchrashuv yakunida yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikrlarini bildirdilar.  

Slide 1 of 5