Bugun Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna Parkent tumani madaniyat muassasasi faoliyati bilan tanishdi. Oʻrganish jarayonida madaniyat muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, musiqa sohasiga oid cholg‘u asboblari, muassasa o‘quvchilarining respublika hamda xalqaro ko‘rik-tanlovlarda erishgan yutuqlari, muassasa binosining isitish tizimi, yoritish vositalari, o‘quv xonalari va konsert zali, ovoz kuchaytirish vositalari, sahna liboslari bilan ta’minlash xolatlariga e’tibor qaratildi. Madaniyat bo`limi xodimlari bilan muassasada tashkil etilgan amaliy to‘garaklar bo`yicha suxbatlashildi. Shuningdek tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida madaniyat bo`limi xodimlariga ma’lumot berildi.