2025-yil 9-dekabr kuni Xalq deputatlari Marhamat tuman
Kengashining VII-chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov,
tegishli viloyat tashkilotlari, muassasalar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda tuman faollari qatnashdi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masalalar ko‘rib
chiqilib,
Andijon viloyati hokimining “Mamurov O‘tkirbek Komiljonovichni
Marhamat tumani hokimi lavozimdan ozod etish to‘g‘risida”gi;
Andijon viloyati hokimining “Umrzaqov Ilyosbek O‘rinboy
o‘g‘lini Marhamat tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida”gi qarorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
Mamurov O‘tkirbek Komiljonovichning vakolatini muddatdan ilgari tugatish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.