Sho‘rchi tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida tahsil olayotgan talabalarning tantanali qasamyod marosimi o‘tkazildi.
Sahnani bezab turgan oq xalatlarning oppoq ramzi, talabalarning quvonchga to‘la ko‘zlari va qalblardagi ulkan mas’uliyat - bularning barchasi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Yosh tibbiyotchilar inson hayotiga mehr, rahm-shafqat va fidoyilik bilan xizmat qilishga tantanali ravishda so‘z berishdi.
Ushbu tadbirda xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi raisi A.Ishmurzoyev hamda
tuman Kengashi deputati I.Sayidovlar ishtirok etdilar va yoshlar bilan dildan suhbatlashdilar.