Янгиликлар

Teng huquq va teng imkoniyat

 Bekobod shahrida imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud fuqarolarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilishi va yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari X.Ibragimova, U.Abunazarov, J.Kamolxodjayev va K.Shukurov hamda O‘zbekiston XDP shahar partiya kengashi raisi M.Abduxalikova “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan “Muruvvat-ko‘mak“ MChJ imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin–qizlarni kasb-xunarga o‘rgatish markazida “Teng huquq va teng imkoniyat” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda deputatlar bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, ularning tadbirkorlik sohasidagi faolligi ham yuksalib borayotganligi, ayniqsa, Bekobod shahrida imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan imtiyozlar haqida so‘zlab berildi. Imkoniyati cheklangan va ishsiz xotin-qizlar tomonidan buyurtma asosida tikilgan tayyor ayollar ko‘ylagi, ko‘rpa
to‘shaklar, yostiqlar, matraslar ko‘zdan kechirildi. “Muruvvat-ko‘mak“ MChJ imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin–qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, markazda ayollarning ishbilarmonlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyotganligi e’tirof etildi.

Slide 1 of 6