Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati majlislar zalida shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi 11-sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish kun tartibida:
1. Jizzax shahrida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida Jizzax shahar Yoshlar ishlari bo‘lim boshlig‘i F.Adilovaning hisoboti eshitildi.