Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat Umida Fayziyeva tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

"Bo'stonobod” mahallasidagi muammolar yuzasidan Olmazor tumani hokimining qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga yuborilgan deputatlik so‘roviga ko‘ra, joyida o‘tkazilgan o‘rganish natijasida quyidagi masalalar aniqlangan:

🟢 30-uy atrofidagi mashinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar harakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvolda ekanligi;

🟢 Issiq kunlarda mashinalar qatnovidan ko'tariladigan chang bolalar va kattalarning salomatligiga xavf solishi;

🟢 Kuz-qish oylaridagi yog‘ingarchilik mavsumida aholiga noqulayliklar keltirayotganligi.

 Deputat, yuqoridagi masalalar yuzasidan qonun doirasida o‘rganib chiqib, aholi murojaatida ko‘tarilgan masalani ijobiy hal etish choralarini ko‘rishni hamda asoslantirilgan ma’lumotlarni 10 kun muddatda taqdim etishni so‘radi

Slide 1 of 1