Янгиликлар

🎉 Fidoyi hamkor xodimlar xalq deputatlari viloyat Kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi! 🖋🗞️🎙️

 Ular orqali jamiyatda ochiqlik, shaffoflik tamoyillari mustahkamlanmoqda, fuqarolarning dolzarb masalalarga nisbatan xabardorlik darajasi oshmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy ong va fikr shakllanishida OAV vakillarining tutgan oʻrni alohida eʼtirofga loyiq. 

Shu qutlugʻ sana — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan, viloyat Kengashining faoliyatini jamoatchilikka yetkazishda faol, tashabbuskor va hamkorlikda samarali ishtirok etib kelayotgan bir guruh fidoyi hamkor xodimlar viloyat Kengashining tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 

Bu eʼtibor — OAVning jamiyatdagi yuksak mavqei, xalq va hokimiyat oʻrtasida ishonchli koʻprik sifatidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.  

Slide 1 of 15