❗️ Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi
Prezident Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.
🖋 Konsepsiyaga ko'ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish;
🔹 aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish;
🔹 Mahalliy Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash;
🔹 Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish;
🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy-institusional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatida o'zaro va xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish;
🔹 Mahalliy Kengashlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron platformasini takomillashtirish.