Янгиликлар

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 25-iyun kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Kun tartibida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.Turobovning:

- tuman mahalliy budjeti parametrlarining iqtisod qilingan (indeksatsiya) mablag‘larini sarflash bo‘yicha tuman hokimligi taklifini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

- tuman mahalliy budjetini 2025-yil ikkinchi chorak ijrosi hamda xarajatlar yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

🔹Yig‘ilish yakuni bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tinglangan hisobotlar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish haqida qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2