Toshkent shahar "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi raisi M.Dadaxodjayeva tashabbusi bilan hamda Chilonzor tumani "Adolat" SDP kengashi raisi B.Raximov, Chilonzor tuman Kengashi deputatlari M.Toshmuxamedova va A. Xusainovlar ishtirokida navbatdagi xayrli tadbir – "Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasiga rasman start berildi.
Beg‘araz donorlik aksiyasida “Abu Saxiy” savdo markazi xodimlari, markazga tashrif buyurgan mijozlar, ko‘ngilli faollar, shifokorlar hamda jamoat arboblari faol ishtirok etdi. Tashkilotchilar tomonidan donorlarga tibbiy ko‘rik va qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Qon topshirish jarayoni sanitar talablarga to‘liq rioya qilingan holda, malakali shifokorlar nazoratida amalga oshirildi. Aksiya– bu shunchaki tadbir emas, balki inson hayoti uchun berilayotgan umid nuridir. Har birimiz shu kabi xayrli ishlarda faol ishtirok etsak, jamiyatimizda mehr-shafqat va hamjihatlik yanada mustahkamlanadi.