2025-yil
26-iyun
Qibray tuman Markaziy poliklinikasida deputat Sh.Kamilova boshchiligida
“KORRUPSIYA-TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Korrupsiya
dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir.Ushbu
illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy
putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib
kеladi.Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon
siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Tadbir
davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
asoslari,uning oldini olish choralari,fuqarolik jamiyati institutlarining bu
boradagi roli haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida
ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish–har bir fuqaroning vazifasi
ekanini alohida ta’kidlab,barchani halollik va poklik tamoyillariga sodiq
qolishga chaqirdilar.