Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati Sayyora Ergasheva o‘z saylovchilari bilan uchrashganda, aholi tomonidan ichimlik suvi bilan ta'minlash va suvni sifati yuzasidan murojaat bo‘lgan edi. Ushbu murojaatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi 784-son qonuniga muvofiq shahardagi “O‘zbekiston” va “Sementchi” mahallalarida suvning sifati bo‘yicha texnik me’yor va standartlarga mosligini labaratoriya tahlilini o‘tkazgan holatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi yuzasidan Bekobod shahar SEO va JSB boshlig’i B.Yarlakabovga deputatlik so‘rovi yuborildi hamda ijrosi nazorastga olindi.