Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat Kengashning sessiyalarida, shuningdek o‘zi tarkibida bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhining majlislarida ishtirok etishi shart.

Sessiya yoki majlisda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat bu haqda Kengash raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiya raisi, partiya guruhi rahbariga kamida bir kun oldin (ishtirok etish imkoniyatiga to‘sqinlik qiluvchi to‘satdan yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha sessiya yoki majlis boshlanishidan oldin) xabar qilishi shart.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 25 martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari