“Oxshix” mahalla fuqarolar yig‘inining drayveri mebelsozlik bo‘lib, 200 ta xonadonda barcha turdagi mebel jihozlari ishlab chiqariladi.
Shuningdek, ushbu hududda mebel ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 1.8 gektar yer maydonida 14 ta mebel ishlab chiqarish korxonalaridan iborat “Oxshix” kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo‘lib, 140 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Djaxongir Shirinov ushbu hududda bo‘lib, tadbirkorlar bilan yaqindan muloqot qildi.