Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat va yoshlar

 Bekobod shahar politexnikumida 9-iyun kuni o'quvchi yoshlarning muammo va takliflarini o'rganish, ularga munosib yechim topish va “Dolzarb 90 kun” mobaynida yoshlarni yozgi dam olishini mazmunli o‘tkazish maqsadida Bekobod shahar Politexnikumi direktori, Xalq deputatlari shahar kengashi deputati J.Dushabayev boshchiligida "Deputat va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masala va savollarga atroflicha javoblar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar kelishib olindi.

Slide 1 of 1