Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 5-“Mirshodi” saylov okrugidan saylangan deputat Isroil Ochildiyevich Bozorovning saylov okrugi hududidagi “Shoxcha” mahallasida yangi barpo etilgan 72-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi I. Roziqov qatnashdilar.
🏫 O‘rganish davomida: Mas’ullar va deputatlar yangi ta’lim muassasasining qurilish va obodonlashtirish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar hamda infratuzilma imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif yakunida maktab binosidan samarali foydalanish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha muhim taklif va mulohazalar bildirildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz