Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida deputat hududdagi zamonaviy issiqxonalar va tomorqa egalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, issiqxonalarda yetishtirilayotgan poliz va sitrus ekinlari parvarishi, tomchilatib sug‘orish tizimining yo‘lga qo‘yilishi hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuv davomida dehqon va omilkor omilkorlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi. Mahalla drayveri bo‘lgan issiqxona xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda yuzaga kelayotgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz