Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #DeputatNazorati
янв.21
#Murojaat_daftari #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va ochiq muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 18-“Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Olmazor” MFY mahalla yettiligi a’zolarining mahallada amalga oshirilgan ishlar, aholi bilan olib borilgan muloqotlar, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi.

Xususan, mahalla yettiligi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash hamda ularning muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Muloqot jarayonida aholi tomonidan bildirilgan masalalar tegishli tartibda o‘rganib chiqilishi, vakolat doirasida ularni hal etishga ko‘maklashish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi faoliyati yuzasidan hisobotlarni muntazam eshitish va saylovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish orqali deputatlik nazoratini kuchaytirish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7