Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalla darajasida ijro intizomi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Hisobot yig‘ilishi va muloqotda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich ishtirok etdi.

🏛 MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI ESHITILDI

Tadbir davomida “Guliston” MFY yettiligi a’zolari — mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar etakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va soliq inspektorining amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotlari eshitildi:

·📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ko‘rsatkichlar;
·🤝 Ijtimoiy himoya: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, “Ijtimoiy daftar”lar bilan ishlash tizimi;
·👮‍ Jamoat xavfsizligi: Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktik tadbirlar natijadorligi;
·📊 Soliq tushumlari: Mahalliy soliqlar tushumini ta’minlash va moliyaviy intizomni mustahkamlash masalalari.
🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA MUROJAATLAR

Hisobot yig‘ilishidan so‘ng deputat A.K.Mamatmuratov saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan hududidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va infratuzilma muammolari atroflicha o‘rtaga tashlandi.

Muloqot yakunida:

·🔹 Aholi bildirgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilandi;
·📬 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mas’ul korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari yuborilishi ta’kidlandi;
·🔎 Murojaatlarning ijrosi deputat va mahalla faollari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10