#Ish_reja_ijrosi
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mutaxassisi J..Raximqulov 6-Qorasuv o'z saylov okrugida Gulzor mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularning taklif va tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.
Saylovchilar tomonidan, xususan, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator takliflar bildirildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.