Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev hududdagi xonadonlardan birida bo‘lib, Madraximova Qunduzxon xonadonidagi oila a’zolarining bandlik holati, mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.
🤝 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Xonadonning muammolari nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
📌 Maqsad — murojaatni eshitish emas, muammoga amaliy yechim topish.
Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish va manzilli yordam ko‘rsatish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir.
Xalq bilan birga — xalq manfaatlari yo‘lida!