Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Deputat_so‘rovi #Ta’lim #Xavfsizlik #Oltinsoy_Kengashi
янв.21
#24_ta_masala #Madaniy_meros #Deputat_faoliyati #Obodonlashtirish #Oltinsoy_Kengashi
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #Deputat_sifatida
янв.21
#24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
#Deputat_nazorati #Ekologiya_Bogdorchilik #Aholiga_ko'mak #Inson_qadri_uchun
янв.21
🗣DEPUTATNING FIKR VA NUQTAI NAZARI UCHUN JAVOBGARLIKKA TORTILMASLIGI
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
янв.21
#Deputat_faoliyati #Inson_qadri_uchun #Saylovchilar_bilan_muloqot #Aholini_qollab_quvvatlash
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #Deputat_sifatida

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan “Mingchinor” mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xo‘jasoat” hududiy bo‘limida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 162 ta qonun va 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Shuningdek, hududiy bo‘limda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Jumladan, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, qurilish jarayonlarining samaradorligi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. Qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, hududni obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4