O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrdagi oilalar uchun mikrolоyihalarni ishga tushirish, aholiga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Asosiy maqsad — aholining daromadlarini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali oilalar farovonligini ta’minlash.