Янгиликлар

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 20-“Sayrak” saylov okrugidan saylangan deputat Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” yo‘nalishi bo‘yicha “Ovchi” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida deputatlik nazorati tahlili doirasida hudud aholisini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida davlat dasturiga kiritilgan loyihalarning ijro holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, joylarda yangi elektr tarmoqlarini tortish, sim va beton ustunlar o‘rnatish hamda sohaga oid ta’mirlash-tiklash ishlarining borishi bevosita o‘rganilib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4