🔰#munosabat
“Yashil” energetikani rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish va energiya ta’minotida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bugungi kunning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Davlatimiz rahbarining kichik gidroenergetika uchun uskunalar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishgani ham ushbu sohada mahalliy ishlab chiqarish va innovatsion yondashuvlarga katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi. Mazkur loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki ekologik toza va barqaror energiya manbalarini kengaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Bunday tashabbuslar hududlarning energetik salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining barqaror elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt