Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILMOQDA

 DEPUTATLIK NAZORATI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan tuman hokimining o‘rinbosari S. Xamrayev nomiga rasmiy so‘rov yuborildi.
So‘rovda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori talablari asosida murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, mavjud holat hamda natijalar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.