Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #deputatlik_nazorati
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #DeputatNazorati
янв.21
#Murojaat_daftari #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati
янв.21
KENGASH SO‘ROVI — DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
📌 DEPUTAT MAHALLA YETTILIGI HISOBOTINI ESHITDI VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
DEPUTATLIK NAZORATI: SAYLOVCHILAR MUROJAATI AMALIY NATIJA BILAN HAL ETILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK NAZORATI: SAYLOVCHILAR MUROJAATI AMALIY NATIJA BILAN HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov Uchtepa tumanining “Nishabariq” mahallasi Bayram ko‘chasida saylovchilar murojaati asosida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdi.

🔺 Mazkur masala avvalroq Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga saylangan 2-“Hamkor” saylov okrugi deputati Kimyo Abdullayeva tomonidan saylovchilar murojaati asosida ko‘tarilgan edi. Bayram ko‘chasining bosh qismini asfaltlashtirish yuzasidan tuman hokimining mas’ul o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi kiritilgan.

📩 Deputatlik so‘roviga taqdim etilgan javobda ushbu hududdagi asfaltlashtirish ishlarini 2027-yil dasturiga kiritish ko‘zda tutilgani ma’lum qilingan. Biroq masalaning izchil ko‘tarilishi va deputatlik nazorati natijasida ishlar belgilangan muddatni kutmasdan amalga oshirilib, 800 kvadrat metrdan ziyod yo‘l maydoni asfaltlashtirildi.

🔎 Davronbek Ravshanbekov, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov hamda doimiy komissiya a’zolari bajarilgan ishlarning bugungi holati bilan tanishib, asfalt qoplamasi va ishlarning sifat darajasini bevosita joyida ko‘zdan kechirdilar.

📋 O‘rganish jarayonida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish bilan cheklanmasdan, ularning yakuniy ijrosini ham nazorat qilib borish muhimligiga e’tibor qaratildi.

📍 Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishidan biri — mahalla ichki ko‘chalarining holatini yaxshilash, shuningdek, hududdagi masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

🤝 Saylovchi murojaati, deputatlik so‘rovi va uning amaliy ijrosini nazorat qilishning uzviy bog‘liqligi hududlardagi muammolarni manzilli hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7