35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kotib

Umumta’lim maktablari faoliyatini yaxshilash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, innovatsion metodlar asosida dars berish sifatini oshirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng ustuvor vazifa.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi okrugi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shoxida Nasridinova 112-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida maktab rahbariyati bilan ta’lim muassasasida malakali o‘qituvchilar, zarur darslik kitoblari yetarliligi, o‘quvchilarning sinf xonalari va boshqa zaruriy ashyolar bilan ta’minlanlik darajasi yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

Ushbu o‘rganishda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4