35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#24_ta_masala #Deputat_faoliyati #Saylovchilar_bilan_uchrashuv

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 15-"Jobu" saylov okrugidan saylangan deputat Qarshiyev Muzaffar Mirzaxmadovich tomonidan “Nurafshon” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolarni qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 1