️Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, yosh avlodni turli salbiy ta’sirlardan asrash hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish doimiy e’tibor talab qiladigan muhim vazifalardan biridir.
⚡️Shu maqsadda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U. Ro‘ziyev hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Ko‘liyon” mahallasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
⚡️Suhbat davomida yoshlarga qonun-qoidalarga rioya qilish, huquq va majburiyatlarini bilish, turli salbiy illatlar ta’siriga tushib qolmaslik, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
⚡️Shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishning oqibatlari, jamoat tartibiga rioya qilish, kattalarga hurmat va tengdoshlar bilan sog‘lom munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
⚡️Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish, muammolarni barvaqt aniqlash va manzilli choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️Ayniqsa, mahalla, ichki ishlar organlari, ota-onalar va jamoatchilikning hamkorligi yoshlar tarbiyasida samarali natija beradi. Shu bois kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi va huquqiy savodxonligiga e’tiborni yanada kuchaytirish muhimdir.
⚡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan bunday profilaktik ishlar izchil davom ettirilib, yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.