Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
✔️Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalar, infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
✔️Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.
✔️Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
✔️Kelgusida ham aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ijobiy hal etish borasida bunday sayyor qabullar muntazam davom ettiriladi.