35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🧑‍💼 DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov tomonidan deputat faoliyatining 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida Boyqishloq mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

🤝 O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi J. Do‘snayev hamda mahalla bankiri bilan birgalikda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.

💰 Jumladan, fuqaro Himmatov Shahriyor Shodmon o‘g‘liga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida Mikrokreditbank tomonidan 65 million so‘m miqdorida kredit ajratilgan.
🐄 O‘rganish jarayonida fuqaroning xonadonida bo‘lib, ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygani hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgani bilan tanishildi.

✅ O‘rganish yakunida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3