35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi okruglardagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Amanov tomonidan okrug hududiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida, mahalla hududidan o‘tuvchi Yangi asr ko‘chasini tartibga keltirish, ariq-zovurlarni qazish, begona o‘tlardan tozalash, daraxtlarni butash va oqlash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda hududning umumiy obodonligini yaxshilash bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda.
Shuningdek, ko‘cha va uning atrofidagi hududlarni toza va ko‘rkam holatga keltirish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash hamda mahallaning zamonaviy va obod qiyofasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Slide 1 of 5