📌 Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-22-24-9-123-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tumandagi “og‘ir” toifadagi mahallalarda “Islohotlar dasturi” asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.
📍 O‘rganish ishlari Kengash raisi O.Isanov, doimiy komissiya raislari A.Amanlikov va A.Ibadullayev, shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Sharopov ishtirokida “Sohil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borildi.
💧 O‘rganish davomida mahalladagi 490 ta xonadonning 15 gektar tomorqa yer maydonlarini oqova suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan loyiha ishlari ko‘zdan kechirildi.
🔹 Mazkur loyiha doirasida:
📋 O‘rganish jarayonida loyiha ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar holati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🤝 Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.