35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Nazorat_tahlil #haftalik_ish_reja_ijrosi

OBOD MAHALLA DASTURI: YAKUNLANMAY QOLGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA

📁 2024-yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida boshlangan ayrim loyihalar turli sabablarga ko‘ra yakuniga yetkazilmay qolgan. Mazkur masalalarni hal etish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi III-29-42-14-202-K/26-son qarori asosida “Obod mahalla” dasturi doirasida tugallanmay qolgan loyihalarni yakunlash uchun mablag‘ ajratilgan.

📊 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Shahnoza Tursunova okrugi hududi 30-mavzedagi 8-, 9- va 11-sonli uylar oldidagi hududning obodonlashtirish holati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida mazkur uylar oldidagi asfalt qoplamasi bilan bog‘liq muammo hamon o‘z yechimini kutayotgani, hududda qurilish materiallari tartibsiz holda qoldirilgani aniqlandi. Ayni paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholi uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

↗️ Hududga xizmat ko‘rsatuvchi BSKga berilgan topshiriqlar asosida ariqlar va bolalar maydonchasi tozalandi. Biroq hududdagi asosiy obodonlashtirish ishlari hali yakuniga yetkazilmagan bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun pudratchi tashkilot faoliyati kutilmoqda.

💼 Aniqlangan muammolarni tez fursatda bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining okrug deputati Shahnoza Tursunova tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

📈 Mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida boshlangan ishlarni to‘liq yakunlash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi nazoratga olinadi.

Slide 1 of 5