Yig‘ilish davomida kun tartibidagi asosiy masala sifatida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 20-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida yoshlarni sport, madaniyat, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasb-hunarga yo‘naltirilgan tadbirlarga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida 20-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror loyihasi yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram