35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 17-Dovud saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Boboyev tashabbusi bilan “Qoziken” mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
✔️Tadbir doirasida mahalla hududini yanada ozoda va shinam qilish maqsadida ko‘chalar hamda jamoat joylari tartibga keltirildi, yo‘l chetlari va ariq-zovurlar tozalandi, begona o‘tlar bartaraf etilib, hudud sanitariya holati yaxshilandi. Obodonlashtirish ishlarida mahalla faollari va fuqarolar ham faol ishtirok etib, hashar ruhida hamkorlikda mehnat qildilar.
✔️Deputat Sh. Boboyev tomonidan bunday amaliy tashabbuslar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish hamda fuqarolarning birdamligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bunday ezgu ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3