Янгиликлар

DEPUTAT YOSHLAR UCHUN AJRATILGAN YER MAYDONLARIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X. Abduvohidov Oqbuloq mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ–153-son qarori ijrosi doirasida yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur qaror asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yonma-yon joylashgan jami 10 gektar yer maydoniga oshqovoq ekinlari ekilgan bo‘lib, ayni paytda ekinlarni parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

Deputat o‘rganish davomida yoshlar bilan muloqot qilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish, hosildorlikni oshirish hamda ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 4