Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Тuman Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugidan saylangan deputat Yu.Hakimov tomonidan "Mirshodi" mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla nuroniylari ishtirokida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash huquqbuzarliklarning profilaktikasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, bu borada mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz

Slide 1 of 3